Skip to main content

Soxta hujjatlar bilan talabaga aylangan qiz o'qishdan haydaldi


Surxondaryo viloyatida joylashgan Termiz davlat universiteti maxsus sirtqi bo'limiga soxta hujjatlar asosida qabul qilinib, talabaga aylangan soxtakor o'qishdan chetlashtirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Surxondaryo viloyati hokimligi tarqatgan ma`lumotga tayanib xabar bermoqda.


Ma`lum qilinishicha, Qumqo'rg'on tumani XTB qarashli 54 va 30 umumta`lim maktablarda, Denov pedagogika kollejida ayni holat yuzasidan soxta hujjatlar tayyorlangani aniqlangan edi. Ushbu vaziyatga huquqiy baho bergan mutasaddi vakillari, mazkur ta`lim muassasalari rahbarlarini lavozimida bo'shatish to'g'risida qaror qabul qilingani haqida ma`lumot bergan.
Endilikda Denov tumani 46 umumta`lim maktabida bir kun ham ishlamagan fuqaro Xurshida Mingaliyeva muassasa direktori bilan jinoiy til biriktirib, soxta hujjatlar bilan TerDU maxsus sirtqi bo'limiga talabalikka qabul qilingani aniqlandi.
Keltirilgan dalillarga to'liq iqror bo'lgan maktab direktori Elmurod Boysariyev 35 yillik mehnat faoliyati davomida birinchi marta soxta hujjatlarga imzo qo'yganini bildirib, pushaymon ekanini aytdi.
«Bu ishga umuman qo'l urmaganman. Hujjatlar Denov kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori Shokir Sattorovning iltimosi bilan tayyorlangandi», deydi Boysariyev.
Tabiiyki, savol paydo bo'ladi: Mingaliyevaning kollej direktori Shokir Sattorovga nima aloqasi bor?! Aniqlanishicha, Xurshida Mingaliyeva ushbu kollejda 2018 yil 1 fevral kundan buyon psixolog lavozimida 0,5 stavka bilan ishlab kelmoqda. Vaholanki, xodimning ishga olingani haqidagi qaydlar buyruqlar daftariga kiritilmagan.
Aslida, Mingaliyeva mazkur kollejda 2011 yil 1 martdan boshlab laborant texnik vazifasiga ishga qabul qilingan. Biroq, u 2014 yilda 46 umumta`lim maktabida ishlashini ta`kidlab yolg'on ko'rsatmalar berishda davom etmoqda.
Kun.uz axborot manbasi yetkazgan ma`lumotga ko'ra, Xurshida Mingaliyeva ayni paytda talabalar safidan chetlashtirilgan.
Manbaa Kun.uz saytidan olingan.

Comments

Popular posts from this blog

Hello Everybody

Hello Everybody!!! My full name is Jamshid Uralov. I'm a pupil. I study at lyceum in Urgench City. I was born 5 Feb. in 2001 in Gurlen. I live in Uzbekistan. From Khorezm region.   My family is not very big. I've got a father, a mother and a brother. My father's name is Khushnud. He is worker. My mother's name is Saida. She is house wife. My brother's name is Anvar. He studies at school. He is 7 form.   I want to be an English teacher in the future.My favourite subjects are math, english, mother tongue and literature.   I get up at 6 o'clock every day. I go to the lyceum after when I had breakfast. After lessons I play footbal or valleyball with my friends. Then I do my homeworks very hard. Because I've got exam in summer. This is my life. Nice to meet you. Send me a letter about yourself. My e-mail: jamshid2001@umail.uz Jamshid

My education center

   Hi. I'm Jamshid. Are you OK?        Uzbek pupils study must school and lyceum or VC. When I finished the school I enter the lyceum. And I exchange my education place.   There are more than one hundred teachers and thousand pupils in there. I'm one of them. Our lyceum is very big. It has got big sport hall and the library.  I love them. Because I like doing sports and reading books. I love my lyceum.      Our english teacher is Muzaffar. He teaches me and another pupils.