Skip to main content

Farg'onada eshak so'yib sotgan yana bir qassob qo'lga tushdi

Farg'ona viloyati Dang'ara tumanida faoliyat yurituvchi qassoblardan biri eshak go'shti sotish bilan ham shug'ullangani fosh bo'ldi. Bu haqida «Muloqot TV» telekanali reportajida ma`lum qilingan.

Ma`lum bo'lishicha, Sodiqjon Botirov Dang'ara tumanida qoramol olib sotish savdosi bilan shug'ullanib kelgan. Shu bilan birga u o'z xonadonida qoramol va qo'ylarni so'yib, aholi iste`moli uchun tarqatgan. Lekin u o'z uyida eshaklarni ham so'yib, go'shtlarni turli savdo nuqtalariga sotgani ma`lum bo'ldi. Dang'ara tuman IIB tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Sodiqjon Botirov eshak go'shtini olib ketayotgan avtomashina to'xtatilgan.
«Botirov Sodiqjon Urayimovich boshqaruvidagi avtomashina to'xtatilib, tekshirilgan vaqtda mashina yukxonasida go'sht mahsulotlari borligi aniqlangan. Bu mahsulotlar shubha tug'dirgani sababli, tekshirib ko'rish uchun daliliy ashyo sifatida olindi. Dang'ara tuman veterinariya bo'limi tomonidan berilgan 107 - raqamli xulosaga ko'ra bu eshak go'shti ekani aniqlangan», deya izoh beradi Dang'ara tuman IIB tergovchisi Furqatjon Siddiqjonov.
Telekanal tomonidan tayyorlangan reportaj davomida Dang'ara tuman veterinariya bo'limi mutaxassisi Akramjon Matkarimov eshak go'shtini inson organizmi uchun o'ta xavfli kasalliklar yuqtirishi haqida ma`lumot bergan bo'lsa, Qo'qon shahar bosh imom xatibi Abdumajid hoji Isaqov islom dinida eshak go'shtini mol go'shtiga aralashtirib sotish juda katta gunoh ekanligini aytib, uni halol deya bilmasdan yegan va farzandlariga yedirgan odamlarlarning gunohi o'sha go'shtni sotgan kishiga bo'lishi, demak, u kishi minglab odamlarni gunohini bo'yniga olgani haqida o'z fikrini bildirgan. 
«Mol bozoridan mol olib kelib so'yib, bozorda go'shtini sotaman. Oxirgi safar ikki eshak ham olib kelib, uyimda so'yib mol go'shtiga aralashtirdim. Go'shtni 16 mingdan sotardim. Eshak go'shtini aralashtirsam, sal foyda bo'larmikin deb shu ishga qo'l uribman», deydi Sodiqjon Botirov.
Maqola Kun.uz manbaasidan olingan.

Comments

Popular posts from this blog

Hello Everybody

Hello Everybody!!! My full name is Jamshid Uralov. I'm a pupil. I study at lyceum in Urgench City. I was born 5 Feb. in 2001 in Gurlen. I live in Uzbekistan. From Khorezm region.   My family is not very big. I've got a father, a mother and a brother. My father's name is Khushnud. He is worker. My mother's name is Saida. She is house wife. My brother's name is Anvar. He studies at school. He is 7 form.   I want to be an English teacher in the future.My favourite subjects are math, english, mother tongue and literature.   I get up at 6 o'clock every day. I go to the lyceum after when I had breakfast. After lessons I play footbal or valleyball with my friends. Then I do my homeworks very hard. Because I've got exam in summer. This is my life. Nice to meet you. Send me a letter about yourself. My e-mail: jamshid2001@umail.uz Jamshid

My education center

   Hi. I'm Jamshid. Are you OK?        Uzbek pupils study must school and lyceum or VC. When I finished the school I enter the lyceum. And I exchange my education place.   There are more than one hundred teachers and thousand pupils in there. I'm one of them. Our lyceum is very big. It has got big sport hall and the library.  I love them. Because I like doing sports and reading books. I love my lyceum.      Our english teacher is Muzaffar. He teaches me and another pupils.