Surxondaryo viloyatida joylashgan Termiz davlat universiteti maxsus sirtqi bo'limiga soxta hujjatlar asosida qabul qilinib, talabaga aylangan soxtakor o'qishdan chetlashtirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Surxondaryo viloyati hokimligi tarqatgan ma`lumotga tayanib xabar bermoqda.
Farg'ona viloyati Dang'ara tumanida faoliyat yurituvchi qassoblardan biri eshak go'shti sotish bilan ham shug'ullangani fosh bo'ldi. Bu haqida «Muloqot TV» telekanali reportajida ma`lum qilingan.